Foto: Telegram
Toshkent shahrida pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaroning boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilgan. Tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 72,5 mln soʻmlik “Treniya”, “Korolevskiy salyut”, “S novim godom” va “9D” nomli pirotexnika vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.