Toshkent viloyatida vaqtinchalik yashash xonadonida salkam 15 kg gashish saqlab kelgan shaxs ushlandi

U giyohvandlik moddalarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlangan

Foto: IIB matbuot xizmati<br>

Foto: IIB matbuot xizmati

Toshkent viloyati boʻylab “Qoradori — 2022” tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazildi. Bekobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Tojikiston fuqarosi vaqtinchalik yashash xonadonida salkam 15 kg gashish saqlab kelayotgani aniqlangan. Bu haqda IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumanda joylashgan “Oʻzbekiston” MFYdagi xonadonlarning biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Tekshiruv davomida uyning yotoqxona qismidan sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 14,9 kg gashish moddasi topilgan va daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling