Foto: UzReport.news
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Xatirchi tumanidadi xonadonlarning birida uy egasi yer kovlayotib ko'mib yuborilgan odam skaleti topib olgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati prokraturasi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 16-sentyabr kuni yashash xonadonida joylashgan ekin maydonini kovlayotgan vaqtda, odam suyagiga o'xshash suyaklar chiqqanliginini ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan.
"Tergovga qadar tekshiruv natijasi bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi", — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling