O'zbekistonlik o'quvchi qizlarga maktabda shim kiyishga ruxsat berildi

Qaror 2018-yilda qabul qilingan va hozirgacha amalda

Foto: XTV matbuot xizmati

Foto: XTV matbuot xizmati

Xalq taʼlimi vazirligi oʻquvchi qizlarga sovuq havoda maktabga shim kiyishga ruxsat berdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, o'quvchi qizlardan birining onasi kun soviy boshlagani uchun qizini maktabga yuborgani va maktab ma’muriyati qizni uyga qaytarib yuborganini aytib, Xalq ta'limi vazirligiga "sovuq havoda o‘quvchi-qizlarga maktabga shim kiyib borish mumkinmi", — deya savol yo'llagan.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi qaroriga asosan sovuq havoda o‘quvchi qizlarga maktab formasiga mos keladigan shim kiyishga ruxsat berilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar