Foto: Farg'ona IIB
Fargʻonada oʻzini bloger deb tanishtirib, jinoyat ishini hal qilib berish evaziga pul undirmoqchi boʻlgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5-oktyabr kuni ikki fuqaro oldindan til biriktirib, tergov organi tomonidan ayblanib, qamoqqa olingan fuqaroni huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlovchi shaxslar orqali qamoqdan chiqarib, jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga undan 10 ming dollar talab qilgan.
Fuqaroning arizasi asosida huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida yuqoridagi shaxslar Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida arizachidan 10 ming dollar miqdoridagi pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan nisbatan fuqarolarga Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi "a" bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, ayblanuvchilarning biri muqaddam sudlangan boʻlib, u uch fuqarolardan jarima maydonidagi avtomashinani chiqarish, haydovchilik guvohnomasi olib berish va boshqa harakatlar uchun ham pul olgani yuzasidan arizalar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling