Foto: Tez News
Buxoro viloyati Romitan tumanida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan oʻsmir yigit mashina olib qochdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1-noyabr kuni soat 23-50 larda tumanning Tarnaut mahallasida yashovchi, 17 yoshli voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimlik isteʼmol qilgan mast holatda, A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan “Dirham” kafesi oldida turgan “Damas” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Xabarga koʻra, holat yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tomonidan kechiktirib boʻlmas tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, viloyat miqyosida “toʻsib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilgan.
Reja boʻyicha Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan oʻz vaqtida olib borilgan tezkor texnik hamda qidiruv surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu avtotransport vositasini olib qochgan shaxs qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling