“Spartak” sobiq futbolchisi aeroportda 115 kg kokain bilan qo'lga tushdi

Ish yuzasidan jami sakkiz kishi hibsga olingan

Foto: Sportbox

Foto: Sportbox

Moskvaning “Spartak” jamoasi sobiq futbolchisi Dushan Petkovich Amsterdam aeroportida 115 kilogramm kokain bilan qoʻlga tushdi, deb xabar berdi "RIA Novosti".

Sobiq fubolchi sherigi Damian Roganovich bilan birga Serbiya, Niderlandiya va Belgiya politsiyalari hamkorligida oʻtkazilgan hamkorlikdagi operatsiyada ushlangan.

Politsiyaga koʻra, Petkovich Janubiy Afrikadan giyohvand moddalarni Rotterdam portiga yetkazish bilan shugʻullanuvchi jinoiy toʻda aʼzosi hisoblanadi. Gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni Belgiyadagi Arlon qalʼasining beton plitalari orasiga yashirgan, keyin esa Yevropa boʻylab tarqatishgan.

 Mazkur ish yuzasidan jami sakkiz kishi hibsga olingan.

Petkovich 2004-yilda “Spartak” tarkibida oʻynagan. Serbiyalik sobiq futbolchi “qizil-oqlar” tarkibida 20 ta oʻyinda ishtirok etib, uchta gol urgan. Shuningdek, Petkovich Rossiya chempionatida “Saturn” jamoasida ham oʻynagan va undan ketib, karyerasini yakunlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling