Eldor gol urmagani uchun uni ayblamaydigan Mourinyo, Jahon chempionati vaqtida golf o'ynay olmaydigan Beyl — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin 

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Mourinyo Eldor Shomurodov gol urmagani uchun uni ayblay olmasligini aytdi

Foto: getty images

Foto: getty images

“Birinchi boʻlimda Shomurodov yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak edi. Temmi? Men hujumchilarning gol urish imkoniyatlarini baholamoqchi emasman. Eldorni gol urmagani uchun tanqid qila olmayman, chunki u boshqa vaziyatlarda qoʻldan kelgancha harakat qildi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Yozef Blatter: “Jahon chempionatining Qatarga topshirilishi xato boʻlgan”

Foto: DW

Foto: DW

“Qatarni tanlash xato boʻldi. Oʻshanda biz Ijroiya qoʻmitasida Rossiya 2018-yilgi jahon chempionatini, AQSH esa 2022-yilgi jahon chempionatini qabul qilishi kerakligi haqida kelishib olgandik. Agar ikki azaliy siyosiy raqib bir martadan jahon chempionatiga mezbonlik qilganida, bu tinchlik ishorasi boʻlardi. Qatar juda kichik davlat. Jahon chempionati buning uchun juda kattalik qiladi”, – dedi Blatter.

Beylga Jahon chempionati vaqtida golf oʻynashga ruxsat berilmaydi

Foto: Golf digest

Foto: Golf digest

Uels milliy jamoasi bosh murabbiyi Rob Peyj jamoa sardori Garet Beylga 2022-yilgi jahon chempionatida golf oʻynashiga ruxsat bermaydi.

“Hammasi rost. Golf yoʻq. Ishlashga boramiz. Qatarda vaqt yetarli boʻlmaydi. Oʻyinlar har 4 kunda boʻladi”, — deya Peyjning soʻzlarini keltiradi Daily Mail.

Chendler Poryeni magʻlub qilganidan keyin, Islam Maxachev bilan ehtimoliy janggi haqida gapirdi

Foto: frontkick

Foto: frontkick

“Oʻylashimcha, UFC 281 turniridagi ishlarimni hal qilganimdan soʻng shubhasiz ular Dogʻiston grepplingini eski Amerika kurashiga qarshi chiqishini koʻrishi aniq. Buni guvohi boʻlishimizga umid qilaman.

Bu mening UFCʼdagi beshinchi jangim. Vaziyat ancha yaxshilandi, baʼzi narsalarni aniqroq koʻra boshladim. Bu ajoyib imkoniyat. Oʻylaymanki, bu Dastinni nokautga uchratganimda, chempionlik yoki boshqa katta jangga tayyorlaydi”, - dedi Chendler.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar