Lionel Messi tennis afsonasining faoliyatini yakunlashiga o'z munosabatini bildirdi

Rojer Federer tennisdagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Foto: instagram/leomessi

Foto: instagram/leomessi

Shveysariyalik tennis afsonsi Rojer Federer professional sportchilik faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.

Londonda oʻtkaziladigan Leyver Kubogi 41 yoshli tennischining faoliyatidagi soʻnggi musobaqa boʻladi.

Futbolchi Lionel Messi tennischi Rojer Federerning faoliyatini yakunlashi haqidagi xabarga oʻz munosabatini bildirdi.

“Daho, tennis tarixidagi noyob oʻyinchi va har qanday sportchi uchun oʻrnak olishga arzirli inson.

Senga barcha yaxshi niyatlarni tilaymiz, kortda bizni xursand qilgan davrlaringni sogʻinib qolamiz”, — deb yozdi PSJ futbolchisi Instagramdagi sahifasida.

Federer faoliyati davomida jami 103 ta ATP turnirlarida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan:

• 103 ta ATP sovrini

• 20 ta “Katta Dubulgʻa” sovrini

• 6 ta yilning Yakuniy ATP turniri sovrini

• 1 ta Olimpiada oltin medali

• Dunyoning birinchi raketkasi sifatida rekord oʻrnatgan - 237 hafta karvonboshilik

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling