Foto: sechenov.ru
Oʻzbekistonlik Bexruz Rasamatov Rossiyada 2022-yil talabasi deb tan olindi. Bu haqda Sechenov universiteti matbuot ximati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, finalda 70 ta hududdan 1000 kishi ishtirok etgan. Ishtirokchilar orasidan eng yaxshi 33 nafari tanlab olingan. Oʻzbekistonlik yigit “Stomatologiya” nominatsiyasida gʻolib chiqqan. Behruz tashabbuskor talabalarning oʻz biznes gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishiga koʻmaklashuvchi “Tadbirkorlar klubi” aʼzosi ekanligini ham alohida taʼkidlash joiz.
“Bu juda hayajonli edi, chunki oxirgi lahzaga qadar kuchli uchlikka kirishimni bilmasdim. Bu men uchun katta yutuq boʻldi”, — deydi u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling