Bag'dod politsiyasi 20 nafar namoyishchini otib, o'ldirdi

Fuqarolar Iroq hukumati qarorgohiga bostirib kirishga urindi

Iroqdagi namoyishlar natijasida qurbon bo'lganlar soni 20 nafarga yetdi, 270 ga yaqin fuqaro jarohatlandi. Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda Iroq armiyasining bo'linmalari Bag'dodga kirib kelgan. Ular mahalliy politsiyaga yordam bermoqda. Huquq-tartibot kuchlari namoyishchilarga qarata ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va o'q uzgan. Otishma paytida 20 kishi halok bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, Bag'doddagi norozilik namoyishlari shia imomi Muqtada as-Sadr siyosatni tark etishini e'lon qilganidan keyin boshlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, namoyishchilar Iroq hukumati qarorgohi – Respublikachilar saroyiga bostirib kirishga uringan. Keyinroq Iroq xavfsizlik xizmati saroy ustidan nazoratni tiklagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling