Foto: Teznews
Endi O'zbekistonda tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga bo'lgan sanksiya prokurordan sudga oʻtkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan murojaatnomasida maʼlum qildi.
"Endi, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qoʻya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish boʻyicha ozmuncha harakat qilayapmiz-mi?
Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali boʻladi”.
“Tergov sifatini oshirish boʻyicha ham tizimli choralar koʻramiz.
Tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak.
Shu bilan birga, sudda ishlarni koʻrishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus oʻqitiladi, ishni sudda koʻrishda xolis, mustaqil boʻlishi qonun bilan belgilanadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari, odil sudlovni taʼminlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta koʻrib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi.
"Nima uchun, advokatga jinoyat ishi qoʻzgʻatish va tugatish haqidagi qarordan nusxa berilmaydi? Bunday holatd́a tenglik haqida qanday gapirish mumkin?
Endi, sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.
Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi boʻyicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab oʻrganiladigan tizim joriy qilinadi”, — dedi prezident.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling