Nukus voqealari bo'yicha o'tkazilgan sud majlisining 2-kun tafsilotlari

Komissiya aʼzolarining taʼkidlashicha, sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq oʻtkazilmoqda.

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

29-noyabr kuni soat 09:00 da Buxoro viloyati sudida 1−2-iyul kunlari Nukusda sodir boʻlgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini koʻrib chiqish jarayonlarining ikkinchi kuni boʻlib oʻtdi.

Eshituv sudlanuvchi Turdanovning kutilmagan bayonoti bilan boshlandi. Maʼlum qilinishicha, u barcha sudlanuvchilar nomidan sudlanuvchi Tajimuratovni ulardan alohida oʻtkazishni soʻradi. Sudlanuvchi Tajimuratovni qolganlarni “xoinlar”, “qoʻrqoqlar” deb haqorat qilgani sudlanuvchilar orasida janjalga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Sud, ichki ishlar xodimlarini tartibni saqlashga tayyor ekanliklarini aytib, iltimosni rad etdi.

Shuningdek, oʻtkazilgan sud majlisi davomida ayblanuvchi A. Turdanov koʻrsatma berdi U 1-2-iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarning ishtirok etishini taʼminlagan va D. Tajimuratovni yelkasiga oʻtkazib, Joʻqorgʻi Kengesni egallash maqsadida olib borgan.

Sudlanuvchining soʻzlariga koʻra, u bu ishni oʻzi xohlab amalga oshirgan, uni hech kim majburlamagan. Shuningdek, Azamat Turdanov D. Tajimuratovga qarshi koʻrsatma berib, uni “firibgar” va “jinoyatchi” deb atadi.

Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura masʼullarining iyul oyidagi ommaga eʼlon qilgan maʼlumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qoʻlga olingani maʼlum qilingan edi. Jamoatchilikda qolgan shaxslar qayerda degan mazmundagi savollar yuzaga keldi.

Mustaqil komissiya shuni maʼlum qilishicha, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi koʻrib chiqilmoqda. Qoʻlga olinganlarning 107 nafari Komissiya tashabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali oʻz oilasi bagʻriga qaytarilgan. Qolgan shaxslar esa maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni oʻrganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv oʻtkazish boʻyicha komissiya aʼzolarining maʼlum qilishicha, sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling