Buxoroda ayol o'zini poyezd tagiga tashlab joniga qasd qildi

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura

Buxoroda ayol o'z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o'zini tashlab, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Aniqlanishicha, 26-sentabr kuni soat 06:00 da “Xoʻjadavlat-Buxoro-1” yoʻnalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yoʻl bekatlari oraligʻida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol oʻz joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga oʻzini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling