"Ipoteka bank"da kredit kommisiyasi mas'ullari katta miqdordagi kreditni talon-taroj qilgani aytilmoqda

Hozirda, jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Foto: Yandex.ru

Foto: Yandex.ru

“Ipoteka bank”da kredit komissiyasi masʼullari katta miqdordagi kreditni talon-toroj qildi. Bu haqda "O'zA" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan “Ipoteka bank” Sirdaryo filiali kredit komissiyasi raisi, kredit komissiyasi aʼzolari, “IL-NUR PROD” MCHJ rahbari va boshqalarga nisbatan juda koʻp miqdordagi kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganligi holati boʻyicha jinoyat ishi ochilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi boʻyicha 2022-yil 25-oktyabrda “IL-NUR PROD” MCHJ rahbariga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.

Hozirda, jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling