Pandemiya davrida vafot etgan shifokor va hamshiralar xotirasiga daraxt ekildi

Jami 600 nafar tibbiyot xodimi pandemiya davrida jonini fido qilgan

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

29-oktyabr kuni “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining kirish qismi yonida tashkil etilgan Tibbiyot xodimlari xotirasi xiyobonida daraxt ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi.

Har bir daraxt pandemiya davrida vafot etgan shifokor yoki hamshira xotirasi uchun ekilib, uning oldiga ismlar koʻrsatilgan kichik peshlavha ham oʻrnatilgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Aksiya tashabbuskori – Oʻzbekiston Landshaft sanʼati uyushmasi direktori Tatyana Yugayning aytishicha, oʻtgan yilning kuzida 60 tup daraxt oʻtqazilgan bu safar esa jami 90 tup, qayragʻoch, chinor, zarang, shumtol va katalpalar daraxtlari ekilgan. 

Pandemiya davrida jami 600 nafar tibbiyot xodimi jonini fido qilgan, qolgan 450 nafarining xotirasiga ham daraxtlar ekilishi aytilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling