Foydalanuvchilar Britney Jean Spearni ayrim fotosuratlari uchun tanqid qilmoqda

Ayrim muxlislar bu haqda xonandaning turmush oʻrtogʻiga murojaat qilishgan

Foto: kp.ru<br>

Foto: kp.ru

Britney Jean Spears koʻpincha ochiq kiyimlarda tushirilgan fotosuratlarni baham koʻradi. Soʻnggi paytlarda esa yulduzning Instagramʼida bunday kontent tez-tez paydo boʻlmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari undan bu ishni toʻxtatibb, professional ijodiy kadrlar olishni davom ettirishini soʻrashmoqda.

Baʼzi bir foydalanuvchilarning fikricha, kimdir xonandani aqldan ozdirish uchun uning suratlarini oʻzidan ruxsatsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Yana bir qancha muxlislar esa, mazkur holat yuzasidan haligacha hech kim tergov qilinmayotgani, bu ishni qilayotgan aybdorlar nega hali ham qoʻlga olinmaganidan eʼtiroz bildirmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, muxlislar bu haqda xonandaning turmush oʻrtogʻiga yozishgan. Ularning soʻzlariga koʻra, u xabarlarni oʻqigan, lekin, javob qaytarmay ularni “qora roʻyxat”ga kiritgan. Shundan soʻng, koʻplab muxlislar uni qoʻshiqning pullari va shon-shuhrati uchungina u bilan birga deya taxmin qilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling