Toshkent shahridan eng ko‘p qaysi viloyatga ko'chib ketishgan - statistika

Toshkent shahridan ko'chib ketish o'tgan yilgidan 1.6% ga kamaygan

2022-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 80 kishiga (1,6 foizga) kamaygan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

— Toshkent viloyati – 3611 kishi

— Qashqadaryo viloyati – 194 kishi

— Samarqand viloyati – 130 kishi

— Xorazm viloyati – 117 kishi

— Surxondaryo viloyati – 117 kishi

— Buxoro viloyati – 112 kishi

— Navoiy viloyati – 88 kishi

— Qoraqalpog‘iston R. – 88 kishi

— Jizzax viloyati – 82 kishi

— Farg‘ona viloyati – 82 kishi

— Andijon viloyati – 76 kishi

— Sirdaryo viloyati – 70 kishi

— Namangan viloyati – 46 kishini tashkil qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling