O‘zbekiston fuqarolari ba’zi bir xorijiy davlatlarga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. 2022-yilda o‘zbekistonliklar dunyoning 58 davlatiga vizasiz tashrif buyurish imkoniyatiga egalar: 24 tasi vizasiz, qolgan 34 ta davlatga yetib borgandan so’ng hech qanday muammosiz olinadi.
Ushbu mamlakatlarga vizasiz tashrif buyurganingizda, siz bir nechta holatlarni hisobga olishingiz kerak. Birinchidan, davlat hududida bo'lish shartlarini buzish mumkin emas. Har bir mamlakat uchun alohida muddat belgilangan.
180 kungacha:
· Antigua va Barbuda - 180 kungacha;
· Armaniston - 180 kungacha.
90 kungacha:
· Ozarbayjon - 90 kungacha;
· Gaiti - 90 kungacha;
· Moldova - 90 kungacha;
· Namibiya - 90 kungacha;
· Ekvador - 90 kungacha.
60 kungacha:
· Qirg'iziston - 60 kungacha.
30 kungacha:
· Indoneziya - 30 kungacha;
· Qozog'iston - 30 kungacha;
· Malayziya - 30 kungacha;
· Mikroneziya - 30 kungacha;
· Sent-Vinsent va Grenadin orollari - 30 kungacha;
· Tojikiston - 30 kungacha;
· Turkiya - 30 kungacha;
· Filippin - 30 kungacha.
Bundan tashqari, Barbadosda 28 kun, Dominikan Respublikasida esa - 21 kungacha. Gruziyada eng uzoq vaqt ya’ni 360 kungacha turishingiz mumkin.
O‘zbekiston fuqarolari uchun cheklovlarsiz va vizasiz davlatlar:
· Belarusiya;
· Niue;
· Kuk orollari;
· Rossiya Federatsiyasi;
· Ukraina.
Boshqa davlat hududida bo'lish shartlariga qo'shimcha ravishda, vizasiz kirish mumkin bo’lgan mamlakatlarnning yana bir nechta qoidalari mavjud:
· Sizda O‘zbekistonning amaldagi biometrik pasporti bo‘lishi kerak;
· O'zingiz bilan qo'shimcha hujjatlarni olib yurishingiz lozim, masalan, sog'liq sug'urtasi, yetarli mablag'ni tasdiqlovchi hujjat, turar joyni bron qilish va qaytish chiptasini;
· Ba'zi mamlakatlarda fuqarolar mahalliy politsiyada ro'yxatdan o'tishlari kerak;
· O‘zbekiston fuqarolari mamlakatda bo‘lish muddati buzilgan taqdirda jarima, deportatsiya hatto mamlakatga tashrif buyurishni taqiqlash tarzida jazolanishlari mumkin.