O‘zbekistonda xorijga chiqish biometrik pasporti olish tizimi osonlashtirildi

Xizmat uchun to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish mumkin

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

 Endilikda, qog‘oz ko‘rinishidagi ariza-anketani to‘ldirish amaliyotidan to‘liq voz kechilib, faqatgina elektron so‘rovnoma to‘ldirish mexanizmi joriy etildi. Xizmat uchun to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari, taqdim etilishi lozim bo‘lgan qator ma’lumotnoma qisqartirilgan. Xususan, 18−27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan.

Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.

Qayd etilishicha, davlat xizmatini ko‘rsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yo‘llash orqali xabardor qilib boriladi. YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi bo‘lsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling