O'zbekistonda samolyotda yo'lovchi tashish narxlari bir oyda o'rtacha 2.1% ga oshgan — statistika

Mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 7,9 % ga arzonlashgani kuzatilgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning avgust oyida Oʻzbekistonda mahalliy yoʻnalishlarda havo transportida yoʻlovchi tashish narxlari iyul oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 2,1 % ga oshgan.

Ma'lum bo'lishicha, havo transportida mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 7,9 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda havo transportida yoʻlovchi tashish narxlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yaʼni yillik nisbatda oʻrtacha 10,3 % ga arzonlashgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling