Foto: Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati
Toshkent viloyatida uyali telefonlarning noqonuniy olib kirilishining oldi olindi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi viloyat DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazilgan.
Olib borilgan tekshiruvlar davomida, “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina koʻzdan kechirilganda mashina yukxonasining xufya joyida umumiy qiymati 4 mlrd. 25 mln. soʻmlik 976 dona 6 xil turdagi “Samsung” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling