Shveysariyada qishda uyining haroratini 19 darajadan oshirganlar qamalishi mumkin

Uy haroratini oshirganlar jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha qamalishi mumkin

Foto: Blick<br>

Foto: Blick

Shveysariyada gaz taqchilligi sabab qishda hukumat ko‘rsatmalarini buzgan aholi jarimaga tortilishi mumkin.

Mamlakat Iqtisodiyot vazirligi matbuot kotibi Markus Spurndlining aytishicha, agar aholi qish mavsumida uyining haroratini 19 darajadan oshirsa jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha qamalishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, jarimalarning kunlik stavkasi kamida 30 frankdan 3 ming frankgacha bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, kunlik stavkalarning miqdori jinoyatchining shaxsiy va iqtisodiy holatiga qarab belgilanadi.

"Ta’minot qonunini buzish har doim huquqbuzarlikka, hatto jinoyatga olib keladi. Bunday fuqarolar jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak", – deydi u.

Qayd etilishicha, elektr energiyasini tejash maqsadida mamlakatda infraqizil isitgichlardan foydalanish taqiqlangan. Saunalar va basseynlar esa sovuq bo‘lishi kerak.

Shuningdek, hukumat qonunbuzarlarni tekshiruvlar orqali aniqlamoqchi. Shu bilan birga, rasmiylar "energiyadan ortiqcha foydalanganlar uchun keng ov"ni tashkil qilmaslikka va’da bergan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling