Inglizlar qurmoqchi bo'lgan "New Tashkent" qanday ko'rinishda edi? - foto, video

Benoy xalqaro firmasi taqdim etgan loyiha "biznikilarga" ma'qul kelmagan

Foto: Benoy

Foto: Benoy

Benoy - Buyuk Britaniya, Singapur, Gonkong, Shanxay va Pekindagi dizayn studiyalarida ishlaydigan arxitektorlar, bosh rejachilar, interyer arxitektorlari va grafik dizaynerlarining xalqaro firmasi xisoblanadi. 

Ushbu firmaning e'tiborli loyihalari orasida Buyuk Britaniyadagi The Westfield London binosi, Gonkongdagi The Elements savdo markazi va Singapurdagi The ION mall bor.

Benoy 2019-yilda O'zbekistonga Toshkentdan sharqda joylashgan 20000 gektar maydonga teng joyda yangi "egizak" poytaxt loyihasini taqdim etgan.

Foto: Benoy

Foto: Benoy

Taklif shahar bo'ylab taxminan 2 million kishilik aholini joylashtirishga qaratilgan bo'lgan.

Foto: Benoy

Foto: Benoy

“O‘zbekiston biz uchun maftunkor joy. Buyuk Ipak yo‘li tarixi va mamlakatning o‘zi biz uchun ilhomlantiruvchi vazifasini o'tab berdi. Biz shahar hokimi bilan do‘st va hamkor bo‘lib, ularning qarashlarini amalga oshirishdan mamnunmiz” deb ta'kidlagan Benoy direktori Jon Dous.

Jamoaning yondashuvi keng ko'lamda dizayn kodlarini loyihalash va qo'llash imkonini bergan va bir nechta dizayn variantlarini ishlab chiqarishga imkon chiqishgan. Bosh rejaning o'zi virtual texnologik platformada qurilgan bo'lib, u dizaynning rivojlanishi va shaharning  kelajakda moslashuvchanlikni ta'minlaydi.

Foto: Benoy

Foto: Benoy

Aholining zichligi, yerdan foydalanish taqsimoti, binolarning balandligi, yashil maydonlarning joylashishi, ijtimoiy infratuzilma va boshqa bir qator parametrlar hisobga olingan, bino va ko‘chalarni loyihalash bo‘yicha yo‘riqnomalar tayyorlangan. Kelajakda ular o'zgarishi va moslashishi hisobga olingan. Bu esa bosh reja va haqiqiy shahar o'rtasida tezkor aloqa o'rnatish imkonini berardi.

Loyihada eski Toshkent va "yangisi" o'rtasidagi tutashgan joyda Yangi Toshkent oroli joylashishi rejalashtirilgan bo'lib, u daryo bo'yidagi yo'laklar o'rta va yuqori darajadagi va arzon uy-joylar, ovqatlanish zonalari, chakana savdo, dam olish va hamma uchun ko'ngilochar joylarni qamrab olishi ko'zda tutilgandi.

Loyiha nima sababdan tasdiqlanmagani noma'lum. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling