Nigeriyaning Katsina shtatidagi suv toshqinlari qurbonlari soni 24 kishiga yetdi. Bu haqda Nigeriya favqulodda vaziyatlar agentligi (SEMA) matbuot kotibi Umar Muhammad maʼlum qildi.
Nigeriya hukumati tez orada jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yetkazadi.
Mamlakatda kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari 500 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi.
Mutaxassislarning maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda 53 millionga yaqin aholi suv toshqini xavfi mavjud hududlarda istiqomat qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling