Foto: Music Mundial
Tez orada Janubiy Koreyaning mashhur BTS k-pop guruhi a'zolari armiyaga chaqirilishi mumkin. Bu haqda CBS telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Koreya hukumati mashhur san'atkorlarni muddatlli harbiy xizmatdan ozod qilmoqchi emas. Bundan tashqari, yaqinda Koreya Harbiy kadrlar boshqarmasi komissari mamlakat harbiy tizimining adolatliligini ko‘rsatish uchun mashhur guruh a’zolarini ham harbiy xizmatga yollash “o'rinli” ekanligini ta’kidlagan.
Hatto ushbu masala bo'yicha so'rov o'tkazilganda, respondentlarning qariyb 61 foizi san'atkorlarga imtiyozlar berish g'oyasini qo'llab-quvvatlagan, boshqa bir so'rovnomada esa 54 foizi ishtirokchilar BTS a'zolari ham harbiy xizmatni o'tashini talab qilishini aytgan. Ma'lumotlarga ko'ra, yakuniy qaror yaqin kunlarda e'lon qilinadi.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreya qonunchiligiga ko'ra 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan barcha mehnatga layoqatli erkaklarni harbiy xizmatga jalb qilinadi. Shuningdek, xizmat muddati 18 oydan 21 oygacha hisoblanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling