Foto: Getty Images
Dam olish kunlari Hindiston shimoli va sharqida suv toshqinlari va ko'chkilar sodir bo'lib, kamida 50 kishi halok bo'ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Uttarakxand shtatida to'rt kishi halok bo'lgan, yana 13 kishi bedarak yo'qolgan.
Hindiston sharqida Nalkari daryosi toshib ketishi natijasida Jxarxandning besh nafar aholisini oqim olib ketgan. Ulardan to'rt nafari o'lik holda topilgan.
Shuningdek, Odishada olti kishi halok bo'lgan. Bundan tashqari, shtatning 800 ming aholisi tinimsiz kuzatilayotgan yog'ingarchilik tufayli uylarini tark etishga majbur bo'ldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling