Orol dengizi atrofidagi hududda yirik gaz konlari ochilishi mumkin

Hududda yirik qidiruv ishlari olib borilgan

Orol dengizi atrofidagi hududlarda yirik gaz konlari ochilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, "Rosgeologiya" geologorazvedka xoldingi Orol dengizi akvatoriyasi atrofida o‘rganish ishlarini o‘tkazgandan soʻng bu hududlardan yirik gaz konlari aniqlanishi mumkinligini aytgan.

“Geologiya va yer resurslaridan foydalanish sohasidagi qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratish kerak. "Rosgeo" kompaniyasi Orol akvatoriyasi va uning atrofida yirik qidiruv ishlarini o‘tkazdi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, mintaqada yirik gaz konlari ochilishi mumkin”, – deydi Denis Manturov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling