Buxoro viloyatining Kogon tumani, Sorg‘un mahallasidan oqib o‘tuvchi Shohrud kanalida 17 yoshli bola cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Hodisa 27-iyun kuni soat 14:50 larda sodir bo‘lgan.
Mazkur hodisa kengligi 18–20 metr, chuqurligi 7–8 metrni tashkil etuvchi Shohrud kanalida bo‘lgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida fuqaroning jasadi 28-iyun kuni soat 16:40 larda topilib, suvdan olib chiqilgan.
Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.