Foto: ecogovuz
Toshkent tumanidan oqib o'tuvchi kanal suvi kamayib ketgani sabab hayvonlar suyaklari kanal yoqasida to'planib qolgan xabarga Toshkent viloyati Ekogoliya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, tumanning “Ko'ksaroy” MFY hududidan oqib o'tuvchi “Damariq” kanalida suv kamayib, bir qancha hayvon suyaklari kanal yoniga chiqib qolgan.
Ushbu holatni bartaraf etish bo'yicha yo'llangan videomurojaatdagi holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o'rganilgan.
O'rganishlar natijasida haqiqatan ham ushbu kanalda vaqtincha suv kamaytirilgani sababli kanal yoqasida hayvonlarning suyak qoldiqlari to'planib qolgani aniqlangan.
Holat tegishli tartibda barataraf etilib, mazkur kanal atrofida ekologik nazorat yanada kuchaytirilgan va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda kanalda tozalash ishlarini olib borishga kelishib olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling