Foto: Bloody Elbow
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
Kaka: “Ronaldo braziliyaliklar uchun shunchaki koʻchada yurgan semiz yigit. Chet elliklar uni koʻproq hurmat qilishadi”
Foto: Facebook
Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Kaka mamlakat aholisining Ronalduga munosabati haqida gapirdi.
“Bu gʻalati tuyuladi, lekin koʻplab braziliyaliklar oʻz terma jamoasini qoʻllab-quvvatlamaydi. Shunaqasi boʻlib turadi.
Ronalduni koʻrganingizda ”voy“ deb hayqirasiz, lekin Braziliyada unga nisbatan munosabat boshqacha. Goʻyo u shunchaki koʻchada yurgan semiz bir yigit.
Hozir Braziliyada koʻpchilik Neymar haqida salbiy fikrda.
Albatta, koʻpchilik braziliyaliklar Ronaldoni yaxshi koʻradilar, men ham uni yaxshi koʻraman, lekin Braziliyada uni chet eldagi kabi hurmat qilishmaydi. Uni xorijliklar koʻproq hurmat qilishadi”, – dedi Kaka “BeIN Sports” efirida.
Ronaldu: “Tashqi kuchlar Portugaliyani sindira olmaydi”
Foto: Instagram
Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2022 chorak finali doirasida 10-dekabr kuni oʻtadigan Marokashga qarshi bahs oldidan tvit qoldirdi.
“Jamoa shu qadar bir-biriga bogʻlangan-ki, tashqi kuchlar uni sindira olmaydi. Raqibdan choʻchimaslik uchun millatimiz juda matonatli. Bu soʻzga loyiq jamoa va u orzu uchun oxirigacha kurashadi! Bizga ishoning! Olgʻa, Portugaliya!”, deya yozgan Ronaldu oʻz sahifasiga.
Avvalroq, 37 yoshli oʻyinchi Shveysariya qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamasligini bilganidan keyin, Qatarni tark etmoqchi boʻlgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Biroq, Portugaliya FF bu mish-mishlarni rad etdi.
FIFA Serbiya va Xorvatiyani jarimaga tortdi
Foto: The Guardian
FIFA Xorvatiya va Serbiyani terma jamoalarini jazoladi.
Xorvatiyalik muxlislar kelib chiqishi serbiyalik boʻlgan Kanada terma jamoasi darvozaboni Milan Boryan ustidan kulgani uchun mamlakat futbol federatsiyasi 53 ming dollar jarima toʻlaydi.
Braziliyaga qarshi bahs oldidan kiyinish xonasida Kosovo Serbiya tarkibida koʻrsatilgan banner uchun Serbiya futbol federatsiyasi 21,3 ming dollar jarimaga tortildi.
O'zbekistonlik yosh dzyudochilar Jakartada 6 ta medal qoʻlga kiritishdi
Foto: Telegram
Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo boʻyicha 2007-2009, 2010-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida “Jakarta International Judo championship-5” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan yosh dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Shohsupaga koʻtarilgan dyuzdochilar:
1. -38 kg. Hoshimov Sardor (2010-2012)
1. -50 kg. Ikramov Akobir (2007-2009)
2. -60 kg. Husanboyev Abdulloh (2007-2009)
3. -42 kg. Qodirov Muhammadamir (2010-2012)
3. -60 kg. Abdugʻafforov Bilol (2007-2009)
3. -66 kg. Nosirov Bunyod (2007-2009)
Dastin Porye shifoxonadan chiqdi
Foto: Fight time
Yengil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Porye bir necha kun oldin oyogʻiga tushgan infeksiya sabab shifoxonaga yotqazilgandi.
Stafilokokka infeksiyasidan aziyat chekkan va hatto hayoti xavf ostiga kelib qolgan Dastinga shifokorlar ruxsat berishgan. Porye qoʻltiqtayoq yordamida kasalxonani tark etgan. U endi muolajalarni uyida davom ettiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling