Samarqandda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo'ldi

Oqibatida "Lada” haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Samarqand viloyati Urgut tumanida uchta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 17-dekabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Unga koʻra, katta tezlikda harakatlanib, svetaforning qizil chirogʻida toʻxtamagan “Damas” mashinasi “Nexia”ga borib urilgan. Shundan soʻng yoʻlning qarama-qarshi tomondagi “Lada” rusumli avtomobilga borib urilgan.

Sodir boʻlgan toʻqnashuv oqibatida "Lada” haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan. Damasdagi ikki yoʻlovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling