Neyt Diaz Makgregor bilan o'tkaziladigan ehtimoliy 3-jang haqida gapirdi

Diaz UFC bilan shartnomasini yakunlamoqchi ekanligiga ishora qilgan

Foto: google source

Foto: google source

UFCning yorqin yulduzlaridan biri hisoblangan Neyt Diaz o'zining Makgregor bilan bo'ladigan ehtimoliy 3-jangi haqida gapirdi.  Bu haqda "MMAmania" xabar berdi.

"Makgregor bilan uchinchisi albatta bo'ladi. Ammo hozir vaqti emas. Buni keyinroq hal qilamiz. Bir kun bu albatta sodir bo'ladi... Ha, bir kun. Vaqti kelganda hammasi sodir bo'ladi", — Neyt Diaz.

Ma'lum bo'lishicha, Neyt 10-sentabrda bo'ladigan Hamzat Chimayev bilan jangidan keyin uning UFC bilan yana shartnoma imzolash yoki imzolamasligi aniq bo'ladi. Biroq, Neytning aytishicha, UFC u bilan shartnoma tuzmasa ham Makgregor bilan jangni boshqa promoushenda tashkil qilish mumkin.

"Men kutayotgan bu jangni sizga Real Fight Inc taqdim etadi", —  deydi Diaz.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar