Qarshida nomaʼlum shaxslar tomonidan 30 tup daraxt kesib ketildi

Qashqadaryo viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: t.me/ekologuz

Foto: t.me/ekologuz

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar “Tabassum” MFY hududida koʻp yillik tut va qaragʻay daraxtlari kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi maʼlumot berdi.

Tekshiruv davomida “Tabassum” MFY hududida 30 tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtlar noqonuniy kesib tashlanganligi aniqlangan. Shuningdek, ushbu holat boʻyicha “Tabassum” MFY raisidan soʻralganda, daraxtlar tunda kim tomonidan kesilganligini bilmasligini aytgan.

Mazkur holat boʻyicha tabiatga, oʻsimlik dunyosiga 151 mln 650 ming soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan hamda rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga oʻtkazilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling