Foto; the guardian
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida kuchli jala va yashin urishi oqibatida kamida 36 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Associated Press” nashri.
Qayd etilishicha, so‘nggi besh kun ichida shtatda tinimsiz chaqmoqlar kuzatilgan.
Hindistonda yomg‘irli mavsum iyundan sentabrgacha davom etadi, bu davrda chaqmoq chaqishi odatiy hodisadir. Biroq meteorologlar bu yil chaqmoq urishi ko‘payishini havo haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘lamoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling