Kanadada kuchli to'fon 20 dan ortiq uylarni vayron qildi

Bu to'fon Kanadadagi eng qimmat tabiiy ofatlardan biri bo'lishi mumkin

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

Kanada qirg'oqlariga "Fiona" to'foni yopirildi. Oqibatda yuz minglab odamlar elektrsiz qoldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kuchli Fiona to'foni misli ko'rilmagan zarar keltirganidan keyin Kanadaga muhim infratuzilmani tiklash uchun bir necha oy kerak bo'ladi. Bu haqda rasmiylar yakshanba kuni mamlakatning besh viloyatidagi guruhlar elektr ta'minotini tiklash va qulagan daraxtlar va qoldiqlarni tozalashga kirishganida ma'lum qildi.

Mahalliy politsiyaning xabarlariga ko'ra to'fon sababli 73 yoshli ayol halok bo'lgan.

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

"Ayolni oxirgi marta o‘z uyi ichida ko‘rishgan. suv uning uyini bir qismini yuvib ketib, o'zini esa dengizga oqizib yuborgan”, dedi politsiya. Bayonotga ko‘ra, qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va mahalliy qutqaruvchilar uning jasadini dengizdan topishgan.

Port aux Basklar meri Brayan Battonning ma'lum qilishicha 20 dan ortiq uy vayron bo'lgan, 200 dan ortiq odam boshpanaga muhtoj.

Qayd etilishicha, 24-sentyabr kuni Fiona Kanadaning sharqiy qismiga bergan zarbasi sababli mahalliy aholi evakuatsiya qilingan. Chunki shamol tezligi soatiga 170 km (soatiga 106 milya) ga yetdi va bo'ron ko'tarilishi qirg'oq chizig'idagi uylarni vayron qilgan.

"Bu huddi urush zonasiga o'xshaydi", — deydi vayron bo'lgan shaharlardan birining meri.

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

Fionaning vayronagarchiliklarining to'liq ko'lami hozircha aniqlanmagan bo'lsa-da, bo'ron Kanadadagi eng qimmat tabiiy ofatlardan biri bo'lishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling