Foto: xsuz
“Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni imzolandi.
Farmonga ko'ra, 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab:
fuqarolar O'zbekistonda ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyalari va quyosh suv isitgichlarini 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotib olishlari mumkin;
shunga o‘xshash qurilmalarni o‘rnatgan va ularning qiymatini to‘liq to‘lagan shaxslarning xarajatlarining bir qismi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.
Kompensatsiya miqdori qurilmaning quvvatidan kelib chiqqan holda BHMning 5 baravaridan 50 baravarini tashkil etishi mumkin.
Shuningdek:
hududlardagi 34 mingdan ortiq obyektlarda, shu jumladan 619 “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va viloyatlardagi 28 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarida muqobil energiya manbalari joriy etiladi;
vazirliklar va idoralar tarkibidagi 6 mingdan ortiq ob’yektlarda muqobil energiya manbalari ulushi 30 foizga yetkaziladi (2023 yil yakunlari bo‘yicha);
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar mahalliy byudjetlar hisobidan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari bilan ta’minlanadi (2022-yilda ehtiyojmand oilalarning 20 foiz, 2023-yilda 80 foiz).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling