Ilon Mask Donald Trampning sahifasini blokdan chiqarishini aytdi

Avvalroq u Tvitterni sotib olganini eʼlon qilgan edi.

Foto: Bussiness insider

Foto: Bussiness insider

Milliarder Ilon Mask 44 mlrd dollarlik kelishuv asosida Twitter’ning yagona egasiga aylandi. Bu haqda "CNBC" xabar berdi.

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskning o‘zi ham Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha bitim yakunlangani haqidagi xabarlarga “Qushcha ozodlikka chiqdi”, deb munosabat bildirdi. 

Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp Maskni Twitter'ni sotib olgani bilan tabriklab, o'zining 2021-yilda bloklangan sahifasi ochilishi haqida gapirdi.

“Ilon Maskni Twitterni sotib olgani bilan tabriklayman. Mening sahifam dushanba kuni (31-oktyabr) tiklanishi haqida menga xabar berishdi – ko‘ramiz”, deb yozgan Donald Tramp.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling