Buxoro viloyati Olot tumanida 15-avgust kuni odam tashish qoidalarini bizga haydovchilar aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "UAZ" rusumli yuk avtomobili haydovchisi fermer xoʻjaligining 40 nafar ishchisini manziliga yetkazib qoʻyish uchun ularning har biridan 5 ming soʻmdan yigʻib olgan.
Maʼlum boʻlishicha, "UAZ kombi" rusumli avtomobil haydovchisi, avtomobil oʻrindiqlarini olib tashlagan holda 25 nafar yoʻlovchi olib ketayotgani aniqlangan.
Oʻz oʻrnida, qoidabuzarlarga nisbatan maʼmuriy jazo tayinlangan.