Foto: bloger Nikita Makarenko
So'nggi uch kun ichida Toshkent xalqaro aeroportida taksi haydovchilari tomonidan bir qancha provkatsiyalar sodir etildi. Bu haqda Uzbekiston Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 12-sentyabr kuni taksi haydovchilaridan biri uni aeroportga kiritmagani uchun qo'riqchini mashinada urib yuborgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, 14-sentyabr kuni taksi haydovchilari aeroport rahbariyatidan o'z faoliyatini davom ettirish uchun ularga bepul to'xtash joyi tashkil qilishni yoki old hovliga qo'yib yuborishni talab qilib, rasmiy taksi xizmati mashinalari terminaliga kirishni to'sib qo'ygan.
Xabarlarga ko'ra, aeroport xodimlari huquq-tartibot idoralariga qo'ng'iroq qilib, taksi haydovchilariga nisbatan chora qo‘llash va Toshkent aeroporti ko'chasida jamoat tartibini ta'minlash yuzasidan ariza yozgan.
Ma'lumot o'rnida, 12-sentyabr kunidan boshlab Toshkent xalqaro aeroportida rasmiy taksi ish boshlagan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling