Shifoxonalarga talabalarni ishga olishga ruxsat beriladi

Talabalarga tajribali shifokorlari va tibbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini biriktiriladi

Foto: Sputnik O'zbekiston<br>

Foto: Sputnik O'zbekiston

Oʻzbekistonda 1-noyabrdan shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.

Qayd etilishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini koʻradi.

Xabarga koʻra, hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.

Shuningdek, tibbiy yoʻnalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini biriktiriladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling