O'zbekiston OTMlarida kontrakt to'lash muddati uzaytirildi

Kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati 10-dekabr etib belgilandi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida kontrakt toʻlash muddati dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda “Edu.uz” Telegram kanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati 10-dekabrga qadar uzaytirilgan.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling