Davlat oliy ta'lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to'lov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligi aytildi

To'lov kontrakt miqdori o'tgan o'quv yili uchun belgilangan miqdorda to'lanishi ma'lum qilindi

Bir muddat avval, ijtimoiy tarmoqlarda oliy taʼlim muassasalarida 2022/2023-o'quv yili uchun kontrakt to'lovlari oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Ammo, davlat rahbari topshirig'iga ko'ra, joriy oʻquv yili uchun barcha yo'nalishlar bo'yicha to'lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo'ldi.

Qayd etilishicha, talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to'lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2022/2023-o'quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta'lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta'lim muassasalarida ham, bazaviy to'lov-kontrakt qiymati 2021/2022-o'quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Ta'kidlanishicha, shu bilan bir qatorda, 2022/2023-o'quv yili tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdorlari o'tgan o'quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o'zgarishsiz qoladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling