Videodan Kad
2022- yil 13-oktyabr kuni soat 08:10 larda Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek koʻchasida ikkita avtobus haydovchisining oʻzaro janjali ayanchli yakun topdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, haydovchilardan biri ikkinchi haydovchi boshqarib kelayotgan avtobusning eshigiga osilgan.
Haydovchi esa avtobusni toʻxtatmasdan, aksincha tezlikni oshirgan. Shu paytda avtobus eshigiga osilib kelayotgan haydovchi tushib ketgan. Harakatlanayotgan avtobus uni bosib oʻtib, voqea joyidan ketib qolgan.
Oqibatda, birinchi avtobus haydovchisi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling