Foto: O'zA
1-noyabr kuni prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida xalq taʼlimi tizimidagi mavjud muammolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Sho'rchi tumani hokimiga hayfsan berildi tuman hokimi o'rinbosari va xalq ta'limi bo'limi boshlig'i ishdan olindi
Umurzoqov Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida ishlab turgan maktab yopilib, bolalar 5-6 km naridagi maktabga oʻtkazilganini, ota-onalar bolalar uzoqqa borishga qiynalishganidan soʻng bolalarini joʻnatmay qoʻya boshlaganlari ortidan oʻqituvchilar sobiq maktab direktori uyida uy maktabi ochishgan va dars berib kelib kelayotganini aytib, ushbu holatni qoraladi.
Foto: O'zA
"Bu nima degan gap?! Inson qadri shumi? Toshkentda, yozda salqin, qishda issiq kabinetlarda oʻtirgan amaldorlar bolalari qishloqning loy yoʻllarida har kuni 10 kilometrlab yurishiga, aholi uylarida oʻqishiga rozi boʻlisharmidi? Yana uylarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilarga maosh berilmayapti ekan. Oʻqituvchining nima aybi bor bu yerda?!” – degan Sardor Umrzoqov.
Shuningdek, ishiga masʼuliyatsizlik bilan qaragan tuman hokimi oʻrinbosari va xalq taʼlimi boʻlimi mudiri ishdan olingan va ularning faoliyatiga bosh prokuratura huquqiy baho berishi so'ralgan. Tuman hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga esa hayfsan berilgan.
"Agar zudlik bilan vaziyat oʻzgarmasa, hokimiyat binosi boʻshatilib, bolalar shu binoda taʼlim olishadi. Men mutlaqo jiddiy aytyapman. Hokim uyida tashkil qilaversin ishini", deya tanqidiy fikr bildirgan prezident Administratsiyasi rahbari.
Viloyatda boʻlib turgan bosh prokuror oʻrinbosaridan zudlik bilan Shoʻrchiga yetib borib, maktab faoliyatini tiklash ishlarini shaxsan oʻzi nazorat qilishi so'ralgan.
Qoraqalpogʻistonda oʻquvchilarga bepul tushlik berish toʻliq tashkil etilmagani tanqid qilindi
Yig'ilishda, oʻtib borayotgan yangi oʻquv yilida Xorazm viloyatida keytering usulida bepul ovqat berish 94 foiz maktablarda yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, Qoraqalpogʻistonda tender tanlovlarini oʻtkazish davom etayotganligi bois ushbu amaliyot hali toʻliq boshlanmagani haqida maʼlumot berilgan.
Sardor Umurzoqov masʼullarning bunday sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun eʼtiroz bildirib, gap boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ovqatlari haqida ketayotganini, bu masalaga mutlaqo panja ortidan qarash mumkin emasligini, davlat byudjetidan barcha tegishli mablagʻlar ajratilib, moliyaviy masala birorta muammo yoʻqligini alohida taʼkidlangan.
Shuningdek, Qoraqalpogʻistonda oʻquvchilarga bepul tushlik tarqatilayotgani boʻyicha Xalq taʼlim vazirligi, Bosh prokuratura hamda Hisob palatasi vakillari ishtirokida tekshirish oʻtkazilishi maʼlum qilingan.
Finlyandiya tajribasi asosida yaratilayotgan 1-4-sinf darsliklar oʻquv dasturlarga moslilik darajasini oʻrganish ishlari olib borilayotganligi aytildi
134-maktab misolida tajriba-sinov sinflari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar roʻyxati va talablar shakllantirilgan. Oʻquv-metodik bosma mahsulotlar uchun zamonaviy talablari AOKA, Uzstandart, SES, XTV bilan ishlab chiqilgan.
Yigʻilishda taʼkidlangan eʼtiborga molik masalalardan yana bir, jumladan, shunday:
- Aniq va tabiiy fanlar - Finlyandiya nashriyotlari bilan aniq va tabiiy fanlarni xarid qilib, mahalliylashtirish muzokaralari olib borish boʻyicha topshiriq berilgan va hozirda bu amalga oshirilmoqda;
- Milliy komponent fanlari - ona tili va adabiyot, tarix, huquq, tarbiya, tasviriy sanʼat, musiqa fanlarining darsliklari mahalliy mualliflar ishtirokida yaratiladi;
- Filologik fanlar – ingliz, rus, nemis tillari xalqaro tan olingan darsliklar joriy qilingan.
Komil Allamjonovning maʼlum qilishicha, darsliklarni yaratish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish tarmoq jadvali ishlab chiqilmoqda.
1-4 sinflar darsliklari boʻyicha malaka oshirish kurslari uchun trenerlar roʻyxati hamda malaka oshiradigan 139 nafar tajriba sinov sinflarining oʻqituvchilari va 28 nafar Pedagogika markazlari professor-oʻqituvchilari, jami 167 nafar ishtirokchilar roʻyxati shakllantirildi.
Shuningdek, Finlyandiyaning Otava va Sanora nashriyotlari bilan onlayn muhokamalar tashkil etilgani aytildi.
Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Ingliz tili fani oʻqituvchisi uchun talablar” ishlab chiqilmoqda. Mazkur “Ingliz tili fani oʻqituvchisi uchun talablar” asosida xalqaro tashkilotlarga buyurtmalar beriladi.
2023-yilda 1000 nafargacha ingliz tili oʻqituvchilarini jalb qilish reja qilinmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling