Toshkent shahridagi Shimoliy vokzal yaqinidagi yer osti tunnelining bir tomoni vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Taʼmirlash ishlari sababli 2022-yil 1-dekabrdan 15-dekabrga qadar Kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasining Mirobod tumani Shimoliy temir yoʻl vokzali oldida joylashgan yer osti tunelining bir tomoni yopiladi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etilagn.