Foto: Repost.uz
“Toshshahartransxizmat” korxonasiga 227 ta avtobusni taʼmirlash uchun 5 mlrd soʻm ajratildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari, bosh muhandis Abdujamil Azizov maʼlum qilmoqda.
“Hozirda Toshkentdagi 8ta avtobus saroyini toʻliq modernizatsiya qilish va qayta jihozlash, ularga malakali mutaxassislarni jalb etish ishlari boshlandi.
Avtobuslarni joriy taʼmirlashga 5 mlrd. soʻm ajratildi. Ajratilgan mablagʻlar hisobidan 32 ta texnik nosoz avtobuslar joriy taʼmirlandi, qolgan 227 tasi yangi yilga qadar taʼmirdan toʻliq chiqariladi.
Bundan tashqari, “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli “Toshavtotaʼmirxizmat” unitar korxonasi ham faoliyat koʻrsatmoqda”, — Abdujamil Azizov, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling