"Liverpul"ni sotib olishni hohlayotgan Makgregor, jarohati sabab Jahon Chempionatini o'tkazib yuborishi aniq bo'lgan Mane, so'nggi o'yinida maydonga tushmay turib qizil kartochka olga Pike — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin 

Foto: Yandex

Foto: Yandex

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Konor Makgregor “Liverpul”ni sotib olmoqchi

Foto: UFC

Foto: UFC

“Men bu klubni sotib olishni istardim. ”Liverpul“ sotuvga qoʻyilganini eshitishim bilanoq bu haqda maʼlumot soʻradim. Bu qanday burilish!”, – deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga

Sadio Mane jarohati bois Jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi

30 yoshli futbolchi Bundesliganing 14-turidan oʻrin olgan “Verder”ga qarshi oʻyinda (6:1) jarohat oldi. Ma'lum qilinishicha, uning tiklanishi uchun bir necha hafta kerak boʻladi.

Pike futbolchilik faoliyatidagi oxirgi oʻyinini qizil kartochka bilan yakunladi. Qizigʻi, u maydonga tushmadi

Foto: comutricolor.com

Foto: comutricolor.com

Oʻyinning 31-daqiqasida Robert Levandovski raqibga qoʻpollik ishlatgani uchun qizil kartochka oldi. Jamoalar tanaffus vaqtida tribuna ostidagi yoʻlakka yoʻl olganida oʻyinda qaydnomadan joy olgan va zaxirada boʻlgan Jerar Pike bosh hakam Xesus Xil Mansanoga eʼtiroz bildirgan. Pike referiga yuzlanib, unga: “Sen kimni chetlatganingni bilasanmi?”, degan.

Shundan soʻng, Mansano oʻsha yerning oʻzida Pikega qizil kartochka koʻrsatgan. 35 yoshli ispaniyalik oʻtgan oʻyinda “Kamp Nou”da xayrlashuv uchrashuvida qatnashgandi. Professional faoliyatidagi oxirgi oʻyinida maydonga tushish esa unga nasib etmadi.

FIFA 23 oʻyini Jahon chempionatida Argentina gʻalaba qozonishini bashorat qildi

FIFA 23 oʻyini Qatarda oʻtkaziladigan Jahon chempionati gʻolibini bashorat qildi. Simulyator Jahon chempionatidagi oʻyinlarni terma jamoalarning kuchiga qarab bashorat qilgan.

Oʻyin yaratuvchilarining maʼlum qilishicha, Braziliya, Argentina, Fransiya va Germaniya terma jamoalari oʻz guruhlaridan qiyinchiliksiz pley-off bosqichiga chiqishgan. Musobaqaning final oʻyiniga esa Argentina va Braziliya terma jamoalari yetib kelishgan. Yakunda esa argentinaliklar gʻolib boʻlishgan. Bronza medali uchun oʻyinda Fransiya Portugaliyani yenggan.

Oʻyin uch galdan beri Jahon chempionati gʻoliblarini toʻgʻri topib kelmoqda.

O'zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatining 1/2 finalida kimlarga qarshi jang qilishi ma'lum bo'ldi

-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Kharkhuu Enkhmandakh (Moʻgʻuliston)

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan ( Qozogʻiston)

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Gantumur Lunda (Moʻgʻuliston)

-60 kg: Athamjon Muhiddinov - Bayarhuu Buyandalai (Moʻgʻuliston)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Chu En Lai (Taypeyi)

-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Dulat Bekbaurov (Qozogʻiston)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Sumit (Hindiston)

-80 kg: Odiljon Aslonov - Bekjigit uluu Omurbek (Qirgʻiziston)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Ahmat Sulayman Al-Teimat (Iordaniya)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nareendar (Hindiston)

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling