Taqiq yoki xatlov qo‘yilgan turar joyga endilikda garovga oluvchining roziligisiz onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi tartib Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi PQ–265-son qaroriga muvofiq joriy etildi.
Unga ko‘ra, fuqarolar bunday turar joyga yashash joyi bo‘yicha doimiy yoki turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan my.gov.uzportali orqali o‘tishi mumkin.
Buning uchun pasport stoliga borish yoki navbat kutish talab etilmaydi. Xizmat to‘liq onlayn shaklda ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, mulkdor, garovga oluvchi yoki taqiqni qo‘yish va bekor qilishga mas‘ul organning ichki ishlar organlariga murojaati asosida fuqaroning mazkur manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgani bekor qilinishi mumkin.