Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati hokimligi binosi oldida yuziga niqob taqqan ikki nomaʼlum shaxs osmonga qarata quroldan oʻq uzgani aks etgan videolar tarqaldi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur video 2022-yilning avgust oyida tasvirga olingan boʻlib, 7-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.
Aniqlik kiritilishicha, Navoiy shahar IIB jinoyat-qidiruv boʻlimi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan jamoat tartibini buzgan shaxslar qoʻlga olingan.
Qoʻlga olinganlarning birini taʼkidlashicha, ularni hech qanday yomon maqdsadi boʻlmagan. Ular oʻzlari koʻrgan videolarga taqlid qilmoqchi boʻlgan. Qilgan ishlari bunday oqibatlarga olib kelishini oʻylamagan.
“Maska taqqan bilan topa olishmaydi deb oʻylagandim. Lekin bu bir kungayam bormadi. Qilgan ishimdan afsusdaman”, — deydi ulardan biri.
Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida olingan qurol oʻyinchoq ekani aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling